Puyol kuzatgan "Paxtakor" - "Olmaliq" o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurdi?

  • 14 noyabr, 2017, 13:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

9 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy liga 28-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi bahsga 11 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.

Aniqrog‘i, Karles Puyol kuzatib borgan mazkur bahsni stadiondan tomosha qilish uchun 11 067 nafar muxlis tashrif buyurdi. Qayd etish joiz, bu mavsum “Paxtakor” maydonida o‘tgan hech bir bahsga bunchalik ko‘p tomoshabin tushmagan edi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Bu mavsum “sherlar”ning o‘z maydonidagi o‘yinini o‘rtacha 4207 nafar muxlis stadiondan turib kuzatdi. Bu borada “Paxtakor” "klubi Buxoro", "Navbahor", "Dinamo", "Qo‘qon-1912" va "Qizilqum" jamoalaridan so‘ng oltinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!