Pxyonchxan-2018: Germaniyalik Lox chana sportida etakchilik qilmoqda

CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining birinchi kun dasturida chana sporti bo‘yicha ham bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Reglamentga muvofiq, ishtirokchilar birinchi kun dasturida 2 urinishni amalga oshirishdi. Yakkalik bahslarida Vankuver va Sochi Olimpiadalarining chempioni hisoblanmish germaniyalik Feliks Lox bu gal ham o‘zining ustunligini namoyish qilmoqda. Ayni damda Feliks 2 urinishdan so‘ng etakchilikni qo‘lga olgan. Ertaga sportchilar 3-bor o‘z chanalarida muz trassasiga chiqishadi va shundan so‘ng umumiy natijalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Chana sporti. Erkaklar, yakkalik.

2-urinishdan so‘ng holat:

1. Feliks Lox (Germaniya) – 1.35,299
2. David Glyayrsher (Avstriya) – 0,188
3. Roman Repilov (ROA) – 0,217 . . .

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!