Pxyonchxan-2018: Yig‘la, Kanada yoxud nemislarning afsonaviy g‘alabasi
Pxyonchxanda o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining xokkey bo‘yicha bahslarida ikkinchi finalchi nomi ham aniqlandi.
Birinchi yarim final qarama-qarshiligida Chexiya terma jamoasi rossiyalik xokkeychilar bilan kuch sinashib,0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Ikkinchi juftlikda esa o‘z tarixida ilk marta yarim finalga etib kelgan Germaniya termasi Kanada xokkeychilari bilan kechgan murosasiz bahsda 4:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Ta’kidlash joiz, Kanada terma jamoasi Olimpiadada hali "Bundestim"ga biror marta mag‘lubiyatga uchramagan edi.
Olimpiada-2018, Xokkey
23.02.2018
Kanada 3 – 4 Germaniya

Fikrlar