Pxyonchxan-2018: Rossiyalik xokkeychilar 1998 yildan buyon ilk bor Olimpiada finaliga chiqishdi
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida xokkey bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kunning birinchi yarim finalida Rossiyalik Olimpiadachi atletlar hamda Chexiya terma jamoalari bahs olib borishdi.
O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi va birinchi davrda jamoalar darvozasi dahlsiz bo‘lib qoldi. Ikkinchi bo‘limda Nikita Gusev hamda Vladislav Gavrikovning kiritgan shaybalari rossiyaliklar xokkeychilarning shashtini ko‘tarib yubordi. Uchinchi davrda qarshi hujumga tayanib o‘ynagan ruslar so‘nggi soniyalar o‘tib borayotgan paytda raqibning oltinchi o‘yinchi xokkeychidan foydalanib, Ilya Kovalchuk raqibning bo‘sh qolgan darvozasini ishg‘olib qilib, bahsdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ikkinchi yarim final juftligida Kanada va Germaniya terma jamoalari kuch sinashadilar. E’tiborlisi, rossiyalik xokkeychilar 1998 yildan buyon ilk bor Olimpiada finaliga yo‘l olishdi.

Fikrlar