Qarshi shahri Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionlarini aniqlaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurtimizning kuragi erga tegmas polvonlari ayni damda Qashqadaryoda jam bo‘lishmoqda. Boisi, 13-16 mart kunlari Qarshi shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston kurash federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan kurashchilar 15 vazn toifasida ishtirok etishadi. 

Mazkur chempionat taqvim rejamizdan o‘rin olgan eng nufuzli musobaqalarimizdan biri hisoblanadi, – deydi – Federatsiya Bosh kotibi Shahobiddin Babanov – Shu boisdan, musobaqada 500 nafarga yaqin yigit qizlarimiz qatnashish istagini bildirishgan. Sovrinli o‘rinlardan joy olgan polvonlar terma jamoaga jalb etiladi. Yil davomida esa terma jamoamizni Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Yopiq inshoatlar va yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Turkiyada Jahon chempionatlari kutib turibdi.

Bahslar 14 mart kuni Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji Sport majmuasida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!