Qatar Osiyo kubogi g‘olibi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Unda Qatar va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Abu-Dabidagi "Zayed Sport Siti" stadionida kechgan uchrashuvda qatarliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

12-daqiqada Almoez Ali akrobatik uslubdagi zarbasi bilan hisobni ochdi. 27-daqiqada esa Abdulaziz Xatem hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Jamoalar tanaffusiga shu hisobda yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Xajime Moriyatsu shogirdlari hujumkorlikni oshirdi va bu 69-daqiqaga kelib o‘z mevasini berdi va Takumi Minamino hisobni qisqartirdi. 81-daqiqada Maya Yoshida burchakdan to‘p o‘yinga kiritilgan vaziyatda qo‘li bilan harakat qildi va hamyurtimiz Ravshan Ermatov videotakrorlarni ko‘rgach, Gonda darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Akrom Afif aniq amalga oshirdi va Qatar o‘z tarixida ilk bor Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!