Qatar O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan Evropa vakili bilan kuch sinashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Qatar terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Eron hamda O‘zbekistonga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ozarbayjon terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishib oldi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham Qatar bilan kuch sinashadi

Ma’lum qilishlaricha, qatarliklar Ozarbayjon terma jamoasini 9 mart kuni Dohadagi Jassim Bin Hamad stadionida qabul qiladi. Shu o‘rinda ushbu bahs ozarbayjonliklar uchun 26 mart kungi 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bahslaridan o‘rin olgan Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Eslatib o‘tamiz Jahon chempionati so‘nggi saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy egallagan qatarliklar ortda qolgan 5 uchrashuvdan 4 ochko jamg‘argan holda A guruhining 4 o‘rnini band etgan. 

Qatar terma jamoasining mart oyida o‘tkazishi rejalashtirilgan uchrashuvlari

9 Mart | Doha, Qatar

Qatar - Ozarbayjon

23 Mart | Doha, Qatar

Qatar - Eron

28 Mart | Toshkent, O‘zbekiston

O‘zbekiston - Qatar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!