
Qatarlik hujumchi Azmunni ortda qoldirdi va Osiyo kubogi to‘purarlari peshqadamiga aylanib oldi
Xabaringiz bor bundan biroz avval Osiyo kubogi guruh bosqich 2-turi doirasida Qatar terma jamoasi Shimoliy Koreyani yirik – 6:0 hisobida taslim etdi.
Shu kuni qatarliklar hujumchisi Almoez Ali raqib darvozasiga 4ta gol urda va poker qayd etdi. Shu tariqa 22 yoshli futbolchi o‘zining turnirdagi gollari sonini 5taga etkazib, to‘purarlar poygasida peshqadamlikni qo‘lga oldi.
Ayni damda Alidan keyingi o‘rinlarni ikki eronlik hujumchi Sardor Azmun (3) va Mexdi Taremilar (2) borishmoqda.
Fikrlar