"Qizilqum" yig‘inni 6 yanvardan boshlaydi
Aksariyat jamoalar 2018 yilgi mavsum yakuniga etgach futbolchilariga biroz hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim etishdi.
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi ham dekabr oyi avvalida o‘yinchilariga dam berdi. So‘ngra jamoa 20-27 dekabr oralig‘ida o‘z qarorgohida yig‘ildi va mashg‘ulotlar olib bordi.
Endi navoiylik futbolchilar 6 yanvar kuni Navoiyda to‘planishadi. Hamidjon Aktamov jamoasi 2 hafta davomida o‘z qarorgohida shug‘ullanishni rejalashtirgan. So‘ngra yangi mavsumga hozirlik ishlari Toshkentda davom ettiriladi.

Fikrlar