"Qo‘qon-1912" - "Nasaf". Prevyu

  • 11 sentabr, 2018, 10:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aniqrog‘i, 13 senbyar kuni 23-tur uchrashuvlari boshlanadi. Paynshanba kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.
Qo‘qon klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlariga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar shu paytgacha milliy chempionatimizda o‘zaro 18 marta tuqnash kelishgan. Shundan 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. 13 ta o‘yinda raqibning qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

Birinchi bosqich doirasidagi Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan bahsda tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiklar tomonida 19-36. O‘zaro bellashuvlarda qo‘qonliklar 13 ochkoga ega bo‘lishgan. “Nasaf” hisobidagi ochkolar esa 40 tani tashkil etadi.

Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi besh uchrashuv:

24.04.2018. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 0:0
04.03.2017. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2
26.08.2016. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2
16.08.2015. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:3
18.08.2003. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 3:0

Hakamlar

Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan, "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvini , FIFA hakami, jahon rekordchisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Ravshan Ermatovga qanotlarda doimiy hamkorlari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishadi. O‘yinning to‘rtinchi hakami sifatida Davron Akmalov ishlaydi.

Uchrashuv nazoratchisi etib Radik Serazitdinov , komissari etib esa Baxtiyor Namozov tayinlandi.

Pepsi superliga. 23-tur

“QO‘QON-1912” – “NASAF”

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Davron Akmalov.

Nazoratchi: Radik Seraziddinov.

Komissar: Baxtiyor Namozov.

Boshlanish vaqtlari

Pepsi superliganing 23-tur doirasidagi ushbu bahs 13 sentyabr kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:00da start oladi. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bahs esa 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!