"Qo‘qon-1912". Mavsum-2017 yakunlari: kim qancha o‘ynadi?
Oliy liganing navbatdagi mavsumi ham o‘z poyoniga etdi. Joriy yilgi mavsum "Qo‘qon-1912" uchun oldingi chempionatlarga nisbatan muvaffaqiyatli bo‘ldi. Futbolchilar bir qator muhim bahslarda g‘alaba qozonib, qo‘qonlik muxlislarni xursand etishgani bor gap.
Odatda mavsum poyoniga etgach, uning yakunlari sarhisob qilinadi. Bugundan boshlab "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati ham an’anaga sodiq qolgan holda mavsum-2017 yakunlariga bag‘ishlangan ma’lumotlarni taqdim etadi. Bugun kim necha o‘yinda ishtirok etgani xususida so‘z yuritamiz. Aytib o‘tish joizki, yakunlangan chempionat uchrashuvlari davomida “Qo‘qon-1912” jamoasi safida 26 nafar futbolchi maydonga tushgan.
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Murod Holmuhammedov, eng kam uchrashuvda maydonga tushgan o‘yinchi esa Bahodir Pardaev. Aytish joizki, Bahodir Pardaevga mavsum boshida Janubiy Koreyadan taklif tushib, u mavsumning qolgan qismini Sharqiy Osiyoda o‘tkazdi.
“Qo‘qon-1912” jamoasining mavsum-2017dagi ko‘rsatkichlari:


Fikrlar