“Qo‘qon-1912” muxlislari Samarqandga borishadi
Ayni kunlarda barcha vatanimizdagi futbolsevar insonlar 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralashidagi Janubiy Koreyaga qarshi bahsini intiqlik bilan kutishmoqda.
Shu jumladan, qo‘qonlik futbol muxlislari ham vatanimiz jamoasini o‘ta muhim bahsda qo‘llab-quvvatlashni niyat qilishgan. Terma jamoa o‘yini o‘tgach O‘zbekiston milliy birinchiligi davom etadi. 7 sentyabr kuni jamoamiz futbolchilari Samarqand shahrida “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi.
Samarqanddagi stadionda Qo‘qonlik muxlislar uchun 10-sektor ajratilgan. Chiptalar narxi 7 000 so‘mdan qilib belgilangan. “Qo‘qon-1912” muxlislar klubi sardori Ilxomjon Qunduzovning bizga ma’lum qilishicha Samarqandga bir kun oldin borishni istagan muxlislar uchun Registon majmuasi yaqinidan arzon narxlarda turar-joylar hozirlab qo‘yilgan.

Fikrlar