"Qo‘qon-1912" tayyorgarlikni boshladi
Qisqa muddatli ta’tilga chiqqan "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchilari yana mashg‘ulotlarga kirishishdi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy liganing navbatdagi turini "Qo‘qon-1912" jamoasi safarda "Buxoro" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoa bu uchrashuvga tayyorgarlikni Toshkent shahrida o‘tkazishadi. Qo‘qonliklar kechadan poytaxtda yig‘ilishdi va bosh murabbiy No‘’mon Hasanov ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda.
Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonlarda bo‘lib o‘tadi. 2 noyabr kuni jamoa a’zolari Toshkentdan Buxoroga yo‘l olishadi.
Eslatib o‘tamiz "Buxoro" - "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar