“Qo‘qon-1912” – “Neftchi”: Kubokdagi to‘qnashuvlar haqida
Ertaga, 30 may kuni O‘zbekiton Kubogi 1/8 final doirasida “Qo‘qon-1912” jamoasi “Neftchi” klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv “Markaziy” stadionda soat 18:57da start oladi.
Qo‘qonliklar matbuot xizmati ushbu uchrashuvga bag‘ishlangan ma’lumotlarni taqdim qildi.
O‘zaro o‘yinlar
Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilayotgan bu ikki jamoa O‘zbekiston kubogi bahslari doirasida bir necha bor o‘zaro to‘qnash kelishgan. Xususan, 1996 yili va 2000/2001 yilgi musobaqalar guruh bosqichida ushbu jamoalar o‘zaro maydonga tushishgan.
1997 yili esa O‘zbekiston kubogi chorak finalida mazkur jamoalar o‘zaro maydonga tushishgan. Qo‘qondagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. Farg‘onada esa “Neftchi”ning qo‘li baland kelgan – 5:2.
2000/2001 yilgi kubok bahslarining 1/8 finalida ham ushbu jamoalar to‘qnash kelishgan. O‘sha bellashuvda farg‘onaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Nihoyat, tarixiy ahamiyatga ega uchrashuv 2014 yili bo‘lib o‘tgan. O‘sha mavsumda birinchi liga (hozirgi Pro-liga)da ishtirok etayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston Kubogi 1/16 finalida “Neftchi”ni qabul qilib, tarixiy g‘alabaga erishgan. 2014 yil 19 aprel sanasida bo‘lib o‘tgan bellashuvnig asosiy vaqti 0:0 hisobida yakun topgan. Penaltilar seriyasida esa “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan – 4:2.
Hakamlar
30 may kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” uchrashuvini yosh referilardan biri Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
O‘zbekiston kubogi
1/8 final bosqichi
“Qo‘qon-1912” – “Neftchi”
Hakamlar: A. Najafaliev, T. Galeev, A. Sidorov, O.To‘ychiboev.
Nazoratchi – M. Ismoilov.
Komissar – M. Saidqosimov.

Fikrlar