
Rafael Nadal "Australian Open" kashfiyotiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ispaniyalik Rafael Nadal Avstraliya Ochiq chempionatining yarim final bosqichiga muvaffaqiyatli tarzda o‘tib oldi.
Melburn shahrida o‘tayotgan turnirning chorak final bosqichida Rafael amerikalik Frensis Tiafoni 6:3. 6:4, 6:2 hisobida taslim qildi.
Endi Nadal, so‘nggi hal qiluvchi final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar