Rafinya "Inter"da qolmoqchi

  • 7 may, 2018, 20:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Rafinya Alkantaraning otasi Mazino o‘g‘lining kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Inter” Chempionlar ligasida o‘ynaydimi yoki Evropa ligasidami bu men uchun unchalik muhim emas. Men uchun muhimi Rafinyaning rivojlanishi. Uning kelajagi porloq. Hozir Milanda barcha xursand, ammo bu vaziyatda shoshilish kerak emas. Umid qilamanki jamoadagilar o‘g‘limning xizmatlarini qadrlashadi. Bu esa eng muhimidir.

Agar bizni qolishga taklif qilishsa, bu borada “Barselona”ning javobini kutamiz. Biroq, hozircha bizning maqsadimiz “Inter”da qolish bo‘lib turibdi. Bu ajoyib jamoa, Milan ajoyib shahar”, - deydi Mazino.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya asli “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. U mavsumning ikkinchi yarmini “Inter” safida ijara asosida o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!