
Rakitich "Barselona"dan ketadimi?
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich mavsum yakunlangach boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkinligini inkor etmayapti.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar kelasi yoz Adrian Rabo (PSJ), Frenki de Yong ("Ayaks") yoki Pol Pogba ("Manchester Yunayted") kabi futbolchilardan birini sotib olsa, 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishdan havotirlanmoqda va shu bois ham u jamoadan ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitich “Barselona”da baxtli ekani va bu erdan ketish niyatida emasligi haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar