Ramos faoliyatidagi 100-golini kiritdi

  • 10 yanvar, 2019, 07:45
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning “Real” klubi Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida “Leganes”ni qabul qildi. “Santyago Bernabeu”da tashkil etilgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisobni o‘yinning 44-daqiqasida “Real” sardori Serxio Ramos penaltini aniq amalga oshirib ochdi. Aynan shu gol 32 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi 100-goli bo‘ldi. Gollarining 80 tasini “Real” safida, 3 tasi “Sevilya”da va 17 tasi Ispaniya terma jamoasi tarkibida kiritilgan.

“Leganes” – “Real” javob bahsi 16 yanvar kuni “Munisipal de Butarke” stadionida tashkil qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!