Raneri: “Lester” juda ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda
“Lester” jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri “Derbi”ga qarshi (2:2) Angliya Kubogi 4-bosqichidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin oson kechmadi. Biz yaxshi boshladik, ammo keyin o‘yin suratini tushurib yubordik. Raqib yaxshi o‘ynadi va ikkita gol kiritdi. Afsuski, bu mavsumda juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz. BU yaxshi holat emas. Bu muammolarni bartaraf etish lozim”, – dedi Raneri.
![]()
Eslatib o‘tamiz, musobaqa reglamentiga ko‘ra durang qayd etilgan o‘yinda javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini “Lester” stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar