
Rasman! Riberi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi jamoa bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida “Bavariya” rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
35 yoshlik frantsiyalikning yangi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Riberi joriy mavsumda 19 uchrashuvda maydonga tushib 5 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar