
Rasman! Usik Belyu bilan qachon kuch sinashishi e’lon qilindi
WBC chempioni Toni Belyu, WBA, WBC, WBO va IBF bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida (90,71 kg) mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikga qarshi joriy yilning 10 noyabr kuni ringga ko‘tarilishi rasman e’lon qilindi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu jang WBA, WBC, WBO va IBF chempionlik kamarlari uchun bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Usik iyul oyida WBSS chempioni Murat Gassievni mag‘lub etib mutloq chempion nomiga sazovor bo‘ldi.
Toni Belyu esa ohirgi jangida Devid Xeyni nokautga uchratgandi.
Fikrlar