Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinda "Al-Ittihod" durang o‘ynadi (video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

E’tiborlisi, Jidda shahridagi "Qirol Abdulla Sport siti" stadionida kechgan uchrashuvni Ravshan Ermatov boshliq o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Qiziqarli va qarama-qarshi kurashlarga boy tarzda kechgan bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib olishdi. Ermatov 8 futbolchini ogohlantirganini qo‘shimcha qilish joiz.

Ma’lumot uchun, "Al-Ittihod" Toshkentning "Lokomotiv" jamoasining OChL guruh bosqichidagi raqiblaridan biridir. "Temiryo‘lchilar" 9 aprel sanasida Jiddada mehmon bo‘lishsa, 22 aprel sanasida esa Toshkentda "Al-Ittihod"ni qabul qiladi.

Bugungi natijadan so‘ng Slaven Bilich boshqaruvidagi "Al-Ittihod" hisobidagi ochkolar soni 14 taga etdi va jamoa ligadagi 16 klub orasida turnir jadvalida 15-pog‘onada bormoqda.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi. 19-tur

"Al-Ittihod" - "Al-Tavun" 0:0

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Jahongir Saidov, Abduhamidullo Rasulov (barchasi O‘zbekistondan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!