
Ravshan Ermatovga klublar o‘rtasidagi JChda ish topildi
Xabaringiz bor, shu yilning 6 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Klublar o‘rtasida Jahon Chempionatiga start berildi.
O‘zbekistonlik FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov ushbu musobaqada ishlash uchun o‘z brigadasi bilan BAAga taklif etilgan.
Ermatov guruhi chorak finaldan o‘rin olgan Meksikaning “Pachuka” va Marokashning “Vidad Kasablanka” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.
Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Uchrashuv 9 dekabr shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar