Ravshan Haydarov: O‘yin uchun tuzgan rejalarimiz amalga oshdi

  • 16 avgust, 2018, 19:51
  • 0
  • Futbol

Uchrashuv yakunlangach terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Avvalambor oldimizga qo‘yilgan minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman. O‘yin uchun tuzgan barcha rejalarimiz amalga oshdi. Birinchi turdan so‘ng Qatar terma jamoasi o‘yinini tahlil qildik va to‘g‘ri taktika tanlay oldik. Ko‘rib turganingizdek, bu hisobda ham aks etdi», – dedi terma jamoamiz ustozi.

Qayd etib o‘tish lozimki, ushbu g‘alaba orqali futbolchilarimiz muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qila olishdi. Terma jamoamiz guruhdagi so‘nggi uchrashuvni 19 avgust kuni Tayland terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!