
Ravshan Haydarov boshliq olimpiya termamiz "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi
Bugun olimpiyachilarimiz “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. TTYMI stadionida kechgan bellashuvda bekobodliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Nazorat o‘yini
O‘zbekiston U-23 - "Metallurg" 0:1
Gol: Zohid Abdullaev
O‘zbekiston U-23 (birinchi bo‘lim): Botirali Ergashev, Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akromjon Komilov, Ikrom Aliboev, Xurshid G‘iyosov, Odil Hamrobekov, Abbosjon Otaxonov, Doston Hamdamov, Bobir Abduxoliqov, Jaloliddin Masharipov.
"Metallurg" (birinchi bo‘lim): Javohir Ilyosov, Pavel Smolyachenko, Andrey Shipilov, Xudoyshukur Sattorov, Zoir Jo‘raboev, Roman Jo‘raev, Muhammad Isaev, Zafar To‘raev, Otabek Zokirov, Kamron Saidazimov, Muhammadjon Sultonov.
Eslatib o‘tamiz bugungi nazorat o‘yinidan keyin Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan terma jamoaning yakuniy tarkibi aniqlanishi aytilgan edi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa a’zolari ertaga kechqurun soat 21:00da Indoneziyaga yo‘l olishadi.
Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi. Terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi:
Fikrlar