
Husanov Gari Nevill tanqidiga javob bera boshladi!
O‘tgan mavsumning birinchi yarmida yuz bergan inqiroz oqibatida “Manchester Siti” to‘rt yil davom etgan chempionlikni “Liverpul”ga boy berdi. Xosep Gvardiola shogirdlari mavsumni birorta sovrin yakunlagani jamoa oldigan ko‘plab savollarni qo‘ydi.
Xosep Gvardiola bu vaziyatdan chiqishning yagona echimini tarkibni yangilash va yoshartirishda ko‘rdi. Abduqodir Husanovning transferi bilan “Manchester Siti”da avlodlar almainuvi boshlandi.
Yosh o‘zbek himoyachisining “Lans”dan 40 million evroga transfer qilingani Angliya futbolida katta shov-shuv keltirib chiqardi. “Siti” transferlari, xususan, Husanov imkoniyatlariga shubha bilan qaraganlar orasida mashhur sobiq futbolchi va hozir futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan Gari Nevill ham bor edi.
Angliya futbolini yoritib kelayotgan manchestercity.news portali yangi mavsum boshlanishi arafasida “Manchester Siti”ning tayyorgarligi va ayniqsa, Abduqodir Husanov oldida turgan sinovlar haqida tahliliy maqola chiqardi.
Sports.uz portali ushbu axborotni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- “Manchester Siti” uchun 2025-2026 yilgi mavsum tanqidchilarning jamoaga qarshi aytilgan o‘tkir fikrlarini inkor etish va o‘z qudratini qayta namoyon etish davri bo‘ladi. Pep Gvardiola esa, bor e’tiborini Arne Slot boshqaruvidagi “Liverpul”dan Premer-liga taxtini qaytarib olishga va o‘zini yana Angliya futbolidagi eng zo‘r mutaxassis sifatida namoyon etishga bel bog‘lagan.
Yaqinda Bernardu Silva 31 yoshga to‘ldi va maydondagi harakatlari bilan yoshi katta futbolchilar jamoa salohiyatiga to‘siq bo‘layapti, degan fikrlarni inkor etdi. Uning hamda 30 yoshdan oshgan boshqa jamoadoshlarining asosiy maqsadi – yangi mavsumda ham eng yuqori darajadagi o‘yinchi ekanliklarini isbotlash.
Jamoa o‘zagini tashkil qiluvchi etakchilardan Fil Foden ham o‘tgan mavsumdagi tanqidlardan so‘ng o‘zini tiklashga harakat qilmoqda.
O‘tgan mavsumdagi tanqidlarga yangi chempionatda munosib javob qaytarishi kutilayotgan futbolchilardan biri Abduqodir Husanovdir. Gari Nevill uning o‘yinlariga shubha bilan qarab, “Husanov va Gonsales jamoaga moslashishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Ba’zi futbolchilar Gvardiolaning tizimiga birinchi mavsumda qiyin moslashadi, keyinchalik kuchayishadi. Ammo bu ikki o‘yinchi haqida o‘ylaganda, xuddi juda zaif ko‘rinadi”, - degan edi.
Aslida Husanov o‘tgan mavsumning o‘zida Nevillning fikrlari noto‘g‘ri ekanini ko‘rsata boshladi. Uning “Liverpul”, “Real Madrid”, “Nyukasl” va “Tottenxem” kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoaning eng ishonchli himoyachilaridan biriga aylangani shundan dalolat berdi.
Husanov to‘pni yaxshi nazorat qiladi, xavfli qarshi hujumlarni to‘xtatishga usta, tezkor va jismonan baquvvat. 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, u yaqin kelajakda “Manchester Siti”ning himoyasida etakchiga aylanishi mumkinligi ko‘rinib turibdi.
Pep Gvardiola kuni kecha Husanovning “Palermo”ga qarshi o‘yinidan so‘ng uni maqtab, “Husanov bugun o‘z salohiyatini namoyon etdi. U men ko‘rgan eng tezkor o‘yinchilardan biri, - dedi.
“Manchester Siti” o‘tgan mavsumda himoyadagi xatolar tufayli ko‘p gol o‘tkazdi va bu ularning chempionlik poygasidagi imkoniyatlariga ta’sir qildi. Agar Abduqodir Husanov jamoa himoyasiga yangi daraja olib kirsa va klubni chempionlikka olib borsa, Gari Nevill o‘z tanqidi uchun afsuslanishi turgan gap.
Husanov mohir markaziy himoyachiga xos barcha jihatlarga ega: tezlik, pozitsion fikrlash, jismoniy kuch va to‘p bilan muomala. Va eng muhimi – Pep Gvardiola unga ishonadi, - deb yozdi manchestercity.news portali eksperti Shrinivas Sadxanand.
“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?
Husanovning o‘yini ekspertlar tomonidan qanday baholandi?
Gvardiola Husanovning o‘yinini qanday baholadi?
Fikrlar