Raxim Sterling "Manchester Siti"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi

  • 2 noyabr, 2018, 10:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek "Manchester Siti" klubi hujumchisi Raxim Sterling tez orada “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirali.

Goal.com nashri tarqatgan xabar berishicha 23 yoshli angliyalik futbolchi 2023 yilgacha imzolanadigan yangi kelishuvdan so‘ng “siti”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. Uning yillik maoshi 17,8 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, ayni damda “Manchester Siti” safida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi Kevin De Bryoyne (11,8 mln evro) hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!