U-23 Osiyo kubogining birinchi yarim finalchisi ma'lum

  • 16.01.2026 19:19
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Osiyo kubogining chorak finaldagi ilk oʻyini yakunlandi.

Saudiya Arabistoni yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi qiziqarli pallasiга yetib keldi. Bugun  musobaqaning dastlabki chorak final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Yaponiya va Iordaniya terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi. Oʻyinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qoʻshimcha boʻlimlarda ham hisob oʻzgarmadi va gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotareyasida esa Yaponiya terma jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozo­nib yarim finalga yoʻl oldi. Endi ular keyingi bosqichda Avstraliya va Janubiy Koreya uchrashuvi gʻolibi bilan bahs olib boradi.

  • Osiyo - AFC Championship U23
  • Chorak final
63305.png

Yaponiya

  • Shusuke Furuya 51'
P.S.
1 : 1

16.01.2026 16:30

131101.png

Iordaniya

  • Unknown 30'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!