“Real” Azar uchun rekord darajadagi taklif tayyorlamoqda

  • 13 iyul, 2018, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi “Chelsi” vingeri Eden Azarni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.

Tecno

Gap shundaki, “qirollik klubi”dagilar aynan 27 yoshli belgiyalik futbolchi yaqinda jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o‘rniga munosib nomzod deb hisoblashmoqda. Buning uchun ular “aristokratlar”ga 170 mln evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Chelsi” Azarni 130 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etish lozimki, Azar uchun shuningdek “Real”ning ashaddiy raqobatchisi hisoblangan “Barselona” ham kurash olib bormoqda. Qolaversa futbolchining o‘zi ham “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tishga qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!