
"Real" Ernandesning transferi borasida "Atletiko" bilan kelishuvga erishdi
Madridning “Real” klubi “Atletiko” bilan himoyachi Teo Ernandesning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchining tovon puli 24 mln evroni tashkil etsada, “qirollik klubi” Teo uchun bundanda ko‘proq to‘laydi. Bu ikki klub o‘rtasidagi iliq munosabatlarni saqlab turish uchun xizmat qiladi.
Xabarlarga qaraganda “Real” va Ernandes o‘rtasidagi shartnoma tez kunlarda imzolanadi. Iyul boshida esa gallaktikoslar yangi futbolchisini rasman ommaga tanishtirishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Ernandes o‘tgan mavsumni “Alaves” safida ijara asosida o‘tkazgan edi. U mavsum davomida jami 32ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar