"Real" Isko va Xames Rodriges o‘rniga superfutbolchi olishga qaror qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Ispaniya chempionatida bosh sovrin uchun kurashayotgan "Real" jamoasi yozda o‘z tarkibida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Madrid klubi rahbariyati jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirish maqsadida katta transferlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xususan, “Real” rahbarlari klubdagi kelajagi so‘roq ostida turgan yarim himoyachilar Isko va Xames Rodrigesning o‘rniga hujumkor superfutbolchini olishga qaror qilgan.

Ma’lumki, Isko va Xames Rodriges Zinedin Zidan tomonidan taqdim etilayotgan o‘yin amaliyotining kamligidan norozi bo‘lmoqda. Ispaniyalik futbolchi klub bilanyangi shartnomani imzolamagan bo‘lsa, kolumbiyalik yarim himoyachi boshqa jamoalarga o‘tishni ko‘zlab yuribdi.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham ularning ketishiga qarshilik qilmayapti. Faqat frantsiyalik mutaxassis bu futbolchilar o‘rniga “Chelsi” vakili Eden Azarni olib kelishni so‘ramoqda.

Aslida madridliklarning belgiyalik charm to‘p ustasiga qiziqayotgan avvalroq oshkor bo‘lgan va Eden Azar Londondan ketish niyati qo‘yiligini ham aytib ulgurgandi. Lekin “Real”dek qudratli klub o‘zi istagan o‘yinchini har qanday yo‘l bilan tarkibiga qo‘shib olishi mumkinligini unumaslik kerak.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!