"Real" Milinkovich-Savich uchun "Latsio"ga qancha taklif qilmoqchi?

  • 09.08.2018 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zayotgan yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich uchun "Latsio"ga qancha mablag‘ taklif qilish borasida bir qarorga keldi.

Football Espana nashrining xabar berishicha “qirollik klubi” 23 yoshli serbiyalik futbolchi uchun rimliklarga 110 million evro (shundan 10 millioni bonus) bermoqchi. Aytish lozimki, madridliklar Milinkovich-Savichga lajakda 32 yoshli Luka Modrichga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Manchester Yunayted" Milinkovich-Savich uchun 150 millionlik taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!