"Real" "Sevilya" etakchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Sevilya" yarim himoyachisi Pablo Sarabiyaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 26 yoshli futbolchi uchun andalusiyaliklarga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 18 mln evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor.
Qayd etish lozimki, Sarabiya asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Sevilya” safida 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar