"Real" Varan bilan kelishuvga erishdi
Himoyachi Rafael Varan Madridning “Real” klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi kelishuv 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ertaga rasman shartnoma imzolanadi. Varanning amaldagi shartnomasi esa 2020 yilda nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi “Real” safiga 2011 yil “Lans” safidan kelib qo‘shilgan edi. Shu bugunga qadar Varan madridliklar safida 196 ta rasmiy bahsda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar