
"Real" bugun Kataloniyaga safar qiladi
Bugun Ispaniya La Ligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Hususan, shu kuni “Real” safarda “Jirona” mehmoni bo‘ladi.
Quyida ushbu uchrashuvga oid ba’zi qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Ushbu jamoalar tarixda o‘zaro faqat 2 marta to‘qnash kelishgan. U ham bo‘lsa o‘tgan mavsumda.
- Kataloniyada o‘tkazilgan uchrashuvda esa 2:1 hisobida “Jirona” g‘alaba qozongan edi. Madridda esa “Real” raqibini 6:3 hisobida engan.
- "Jirona" ilk turda o‘z maydonida "Valyadolid" bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etgan bo‘lsa, "Real" "Santyago Bernabeu"da "Xetafe"ni 2:0 hisobida engan.
"Jirona" – "Real"
Stadion: "Montilivi"
Boshlanish vaqti: 01:15
Bosh hakam: Xuan Munera
Taxminiy tarkiblar:
"Jirona": Bono, Porro, Espinoza, Munesa, Garsiya, Pons, Granell, Borxa, Portu, Stuani.
"Real": Navas, Karvaxal, Varan, Navas, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos, Isko, Beyl, Benzema.
Fikrlar