"Real" darvozaboni Chempionship klubiga tekinga o‘tadi

  • 16 yanvar, 2019, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid darvozaboni Kiko Kasilya faoliyatini Angliyaning “Lids” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Yorkshire Evening Post nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli ispaniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga etib kelgan. Garchi, uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan bo‘lsada, u Chempionship klubiga tekinga o‘tadi. Uning maoshi esa o‘zgarishsiz qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Kasilya “Real”da Keylor Navas va Tibo Kurtualarga raqobatda imkoniyatni boy bermoqda. U joriy mavsum birorta ham uchrashuvda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!