
"Real" darvozasini ishg‘ol etgan Messi el-klasikolar tarixida yaqqol to‘purarga aylandi
Kecha bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogi dastlabki bahsida hisobni tenglashtirgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi o‘zining el-klasikolar tarixidagi 24-golini kiritdi.
Ta’kidlash lozimki, 30 yoshli argentinalik futbolchi bu borada yaqqol etakchi hisoblanadi. Bu borada esa 2- va 3-o‘rinlarda Alfredo di Stefano hamda Krishtianu Ronaldular borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuv 1:3 hisobida “qirollik klubi” foydasiga hal bo‘lgan edi.
Fikrlar