"Real" ham Kulibali uchun kurash boshladi

  • 11 yanvar, 2019, 18:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun yana bir grand klub kurash boshladi.  TalkSPORT tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli senegallik futbolchiga Madridning “Real” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Qayd etish lozimki, Kulibali uchun “qirollik klubi”dan tashqari shuningdek "Arsenal", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.

Tecno

Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning shartnomasida belgilangan tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!