"Real" himoyachisi MYuga o‘tishi mumkin
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Mankuanliklar Varanning transferini kelasi yoz amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Varan MYuning hozirgi bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘l ostida o‘z vaqtida “Real”da to‘p surgan.
Fikrlar