
“Real” klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi
Hozirgina klublar o‘rtasidagi JCh finalidan o‘rin olgan Ispaniyaning “Real” hamda Braziliyaning “Gremio” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘yinning 53-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, gol kiritdi. Ushbu gol amalda madridliklarga g‘alaba keltirdi va “Real” ketma-ket ikkinchi bor, o‘z tarixida esa uchinchi bor jahonda tengsiz bo‘ldi.
Klublar o‘rtasidagi JCh-2017. Final
Real Madrid Ispaniya – Gremio Braziliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 80).
Gremio – Groe, Kannemann, Jeromel, Kortes, Jailson, Ramiro (Everton, 71), Mishel (Maykon, 84), Fernandino, Edilson, Luan, Barrios (Jael, 63).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (27).
Fikrlar