"Real" lazaretidan futbolchilar sog‘ayib chiqishni boshladi

CHERY AUTO

Internetda “Real” klubi muxlislari uchun yaxshi yangilik paydo bo‘ldi. Boisi jamoa futbolchilari Xames Rodriges va Pepe jarohatidan tuzalib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishdi. Bundan tashqari shifokorlar Luka Modrichni ham yaqinlashib kelayotgan “Selta”ga qarshi (5 fevral) o‘yingacha sog‘aytirib yuborishi ham mumkin.

Tecno

Marselo, Daniel Karvaxal va Garet Beyllar esa hozircha individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Aytish kerakki, Marselo va Karvaxal 15 fevralda bo‘lib o‘tadigan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Napoli”ga qarshi bahsiga qadar safga qaytishi kutilmoqda. Ammo, Beyl tahminan mart oyining boshlarida jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!