
«Real» nishonidagi Azar «yangi Ouen» bo‘ladimi?
So‘nggi vaqtlarda Eden Azarni «Real Madrid» bilan bog‘lab kelishmoqda. «Chelsi» vingeri ushbu mavsumni ajoyib sport formasida boshlashga muvaffaq bo‘ldi. Klubga kelgan yangi bosh murabbiy Maurisio Sarrining yangicha o‘yin uslubiga hammadan ko‘ra birinchi bo‘lib moslasha oldi. U allaqachon raqiblar darvozasiga 8 golni joylab qo‘ygan. U oldinlari eng samarali mavsumlaridagi gollarning deyarli yarmini urib bo‘ldi. U atigi 10 uchrashuv o‘tkazgan, xolos.
«Ko‘klar» muxlislari o‘z suyuklisi 2014-15 va 2016-17-yilgi chempionlik mavsumlarida bo‘lgani kabi yana yuqori sport formasiga qaytishiga umid qilmoqda. Biroq ajoyib sport formasida bo‘lganlarni yana bir muammo qiynaydi. Uyam bo‘lsa, grand jamoalardan tushadigan takliflarga rad javobini aytish.
Azarni ham mana qaytadan «qirollik klubi» bilan bog‘lashmoqda. Futbolchi Ispaniya poytaxtiga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligini ham ta’kidlashmoqda. Ushbu yozda esa bu transfer amalga oshishi ehtimoli katta bo‘ldi. Chempionlar Ligasidan quruq qolgan jamoaga yangi murabbiy kelishi muhim omilga aylanishi mumkin edi. Azarning umidlari buyukroq edi. Boz ustiga «qaymoqranglilar»ga yangi super-yulduz kerak edi.
Ammo hech nima sodir bo‘lmadi. Azar Londonda qoldi. Aksincha u Sarrining uslubida o‘zini baliqdek his qilmoqda.
Biroq odamlarga bir narsa deb bo‘lmaydi. Futbolchidan xalqaro tanaffus vaqtida yozgi transfer hikoyasi haqida so‘rab qolishdi. «Buni bolaligimdagi orzu. Men bu klub haqida orzu qilaman.» – dedi belgiyalik futbolchi transfer haqida fikrini bildirarkan.
Azar bu gapi bilan uning klubdan ketishi shu yanvardayoq amalga oshishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi. 2019-yilgi yozgi transferni 2018-yil oktyabrida muhokama qilish? Bu klubga xurmatsizlik va transfer ertami-kechmi amalga oshadi degani. Azar bunga sha’ma qilib o‘tdi: «Chelsi» menga ko‘p narsa berdi. Men «Lill»ni yaxshi kayfiyatda tark etdim va men buni bu erda ham qilishni istayman.»
Biroq ushbu orzu Azar uchun to‘g‘ri qaror bo‘ladimi? Bu uning orzusi, bu ro‘yobga chiqishi mumkinmi? Ochig‘ini aytganda yo‘q. «Real» yozda Krishtianu Ronalduni «Yuventus»ga sotganidan keyin yangi superyulduzga ehtiyoj sezmoqda.
«Qirollik klubi» Krishtianuni yo‘qotganidan keyin hukmron kuch sifatida qolishga qiynalmoqda. Azarning kelishi ularga bu muammoni hal qilishiga yordam berishi mumkin.
Ammo madridliklarning asosiy muammosi gollarning kamligida bo‘lmoqda. Ularning gol urishdagi natijalari Ronaldu davridagidek emas. Axir portugaliyalik futbolchi har mavsumda klub uchun 40-50 talab gollar urardi.
Klub xalqaro tanaffusga chiqishdan oldin qatorasiga to‘rt o‘yinda gol urolmadi. Bu vaziyat achinarli degani. Kundek ravshan, Peresga to‘purar kerak.
Ammo ko‘pchilik «axir Azar 10 o‘yinda 8 gol urdi. Bu ko‘p degani. «Real» istayotgan narsa shu emasmi?» deyishingiz mumkin.
Ammo esingizdan chiqarmang, Azar «Chelsi» uchun bir mavsumda 19 tadan ko‘p gol urmagan. 19 ta! Taqqoslash uchun aytamiz: oxirgi marta Krishtianu Ronaldu 2005-06-yilgi mavsumda 19 ta gol urgan. U paytda KR7 21 yoshda bo‘lgan. Azar esa 27 yoshda.
Azar sodda qilib aytganda chap qanotda o‘ynaydigan yaratuvchan futbolchi. Ha u gollar urishi, muvozanatni saqlab turishi mumkin. Ammo bu ishlarni «Real»da bajaradigan boshqa bir futbolchi allaqachon bor. U – Isko! Bu vazifada Azar Iskodan ko‘ra samaraliroq bo‘la oladimi? Bo‘lishi mumkin. U Iskodan atigi bir yoshga katta.
Albatta Azarning kelishi tarkibda kuchli raqobatni hosil qiladi. Shu paytgacha Garet Beyl va Isko bilan o‘yin amaliyoti uchun qattiq kurashib kelgan Marko Asensio uchun eshiklar yopilishi muqarrar.
Haqiqat shuki, Eden Azar to‘purar hujumchi emas. U «Real» ehtiyoj sezayotgan futbolchimas.
Ammo klub uni imzolasa buni individual qaror deb bilish kerak. Bunday ishni oldin Maykl Ouen 2004-05-yilgi mavsumda qilgandi. «Oltin to‘p» g‘olibi sifatida u katta qahramonlikni istab qoldi va «Liverpul»dagi sovrinsiz mavsumdan keyin Madrid tomon yo‘l oldi. O‘shanda ham «Real» Ouenga ehtiyoj sezmayotgandi. Angliyalik hujumchi shunchaki hayolida kechayotgan orzularni ro‘yobga chiqarishni istadi. Natijada bir yil o‘tib Ouen «Real»dan ketdi.
Azar ayni vaqtda Ouen 2004-yilda bo‘lganidan yaxshiroqdir, undan ham ko‘prog‘ini qila olar. Ammo vaziyat bir xil. U unga ehtiyoj sezmayotgan jamoaga borib qo‘shilmoqchi.
Fikrlar