"Real" skautlari Edin Jekoni kuzatishmoqda
Rimning "Roma" klubi forvardi Edin Jeko "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” skautlari kecha Ispaniya – Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida 32 yoshli bosniyalik futbolchining harakatlarini kuzatib borishgan.
Ma’lumot uchun, Jeko “Roma” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar