"Real" so‘nggi 28 yil ichida bu qadar tez 2ta gol o‘tkazib yubormagan edi
Xabaringiz bor “Real” Madrid ayni damda La Liganing 9-turida o‘z maydonida “Levante”ni qabul qilmoqda va birinchi bo‘limdan so‘ng 0:2 hisobida imkoniyatni boy bermoqda.
Dastlab valensiyaliklar xavbeki Xose Luis Morales 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 13-daqiqaga kelib hujumchi Roxer Marti hisobni 0:2ga etkazib qo‘ydi.
E’tiborlisi, “qirollik klubi” 1990 yilning aprelidan buyon La Liga doirasida bu qadar tez 2ta gol o‘tkazib yubormagan. O‘shanda “Real” “Logrones” bilan 3:3 hisobida durang qayd etgan edi.
Fikrlar