
"Real"da katta muammo yuzaga keldi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo kecha Ispaniya La Ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Braziliyalik futbolchining mushaklaridagi muammo sabab, uning o‘rnini 73-daqiqada Lukas Vaskes egallagan edi. Jarohatning qanchalik jiddiyligi xali ma’lum emas.
Biroq odatda, bunday jarohatlar kamida ikki haftada bitadi. Endi Zidanning boshi qotsa, ajab emas.
Boisi, Marseloning raqobatchisi sanaladigan Teo Ernandes ham ikki haftaga safdan chiqqan edi. Zidanning bu safagi "haloskori" Nacho bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar