
Remzi Angliyada qolmoqchi, unga MYu va "Liverpul"dan qiziqishlar bor
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Aaron Remzi "Manchester Yunayted" va "Liverpul"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar ham, mersisaydliklar ham 27 yoshli uelslik futbolchini qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Remzining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu boisdan ham “Arsenal” ozroq bo‘lsada uning transferidan foyda ko‘rish uchun uni qishda sotib yuborishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda Remziga shuningdek Italiya grandlaridan ham takliflar bo‘lmoqda, biroq uning oilasi o‘zini Angliyada qulay his qilayotgani sabab futbolchi ham Angliyada qolmoqchi.
Fikrlar