Remzi "Yuventus"da qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek “Arsenal” xavbeki Aaron Remzi tez orada “Yuventus” bilan shartnoma imzolaydi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi 13 yanvar kuni Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Remzi “Yuventus” bilan 5 yillik shartnoma imzolashi va yiliga 8 mln evro maosh olishi haqida xabar bergan edik. Qayd etish lozimki, agar shunday bo‘lsa, u “keksa sinora” safida Ronaldudan so‘ng eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.



Fikrlar