Revansh: Mahmud Muradov keyingi jangini Ramiresga qarshi o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov (15-6, KO9) o‘zining navbatdagi jangini 28 iyun kuni Chexiyada o‘tkazadi.

Sports.uz internet portaliga ma’lum bo‘lishicha, sportchimiz hozirda mazkur jangga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Bo‘lajak jangda uning raqibi  braziliyalik David Ramires bo‘ladi. Bu jangchilar oldin ham o‘zaro to‘qnash kelishgan. 2016 yil dekabr oyida tashkil etilgan qarama-qarshilikda Mahmud jarohati sababli chempionlik jangida imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz bundan oldingi jangini XFN (X Fight Nights) turniri doirasida o‘tkazib, braziliyalik 41 yoshli Ervaldo de Oliveyrani (35-22-0) ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Mazkur jang uning XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasiga ko‘ra so‘nggisi bo‘lgan edi. Bu jangga qadar u XFN turnirida 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat (jarohati sababli) qayd etgan.

Ma’lumot uchun: Mahmud Muradov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!