Risharlison faoliyatini grand klublarning birida davom ettirishi mumkin

  • 15.02.2019 13:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Everton" klubi hujumchisi Risharlison Evropa grandlarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda “Atletiko” yozda o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi va bu borada ularning asosiy maqsadi aynan Risharlison hisoblanadi.

21 yoshli braziliyalik futbolchiga shuningdek "Chelsi", PSJ va "Milan" klublaridan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum “irischilar” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 45 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!