“River Pleyt” 350 ming evro jarima to‘laydigan bo‘ldi

  • 30 noyabr, 2018, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Libertadores kubogi javob finali oldidan "Boka Xuniors" avtobusiga hujum qilgani va stadion atrofida tartibsizliklar keltirib chiqargani uchun "River Pleyt"ga  qanday jazo qo‘llashi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Unga ko‘ra “River Pleyt” 350 ming evro jarima to‘laydi. Bundan tashqari Libertadores kubogining kelasi mavsum 2ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, aynan “River Pleyt” muxlislari 24 noyabr kuni raqib jamoa a’zolari o‘tirgan avtobusni toshbo‘ron qilishgan va natijada "Boka Xuniors"ning ayrim futbolchilari jiddiy jarohat olishgan edi.

Endi qoldirilgan final o‘yini 9 dekabr kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!